Farg‘onalik ayol o‘z turmush o‘rtog‘ini o‘ldirib qo‘ydi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishHuquq-tartibot organlari tomonidan xibsga olinish jarayoni
Huquq-tartibot organlari tomonidan xibsga olinish jarayoni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayol o‘z turmush o‘rtog‘ini ochiq ayvondan itarib yuborgan va boshiga yog‘och bilan tushirgan

TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. Farg‘onalik ayol o‘z turmush o‘rtog‘ining qotiliga aylandi, deb xabar qildi O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati.

Yunusoboddagi yerosti yo‘lagida sodir etilgan qotillik tafsilotlari ma’lum bo‘ldi
Xabarda aytilishicha, Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanida yashovchi, 1965-yilda tug‘ilgan Z.Q uyida oilaviy janjal oqibatida mast xolda bo‘lgan turmush o‘rtog‘i, 1964-yilda tug‘ilgan B.Xni ochiq ayvondan itarib yuborgan. Bu ham yetmaganday pastga yiqilgan vaqtida uning boshiga yog‘och bilan urib jarohat yetkazgan.

Natijada jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilgan. Ammo ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay B.X shu yerda vafot etgan. Uning ayoli Z.Q ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 104-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0