TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. Ramazon hayiti kuni metro va avtobuslar erta tongdan ish boshlaydi, deb xabar berdi "Toshshahartransxizmat" tashkiloti xabariga asosan "Qalampir" nashri.
"O‘zbekistonda 26-iyun, dushanba kuni Ramazon hayiti bayrami munosabati bilan Toshkentda avtobus va metrolar qatnovi ertalabki soat 4:00 dan ish boshlaydi", — deyilgan xabarda.
Ertalabki transport qatnovi Ramazon hayiti bayrami kuni Toshkentda yashovchi fuqarolarni shahardagi masjidlarga hayit namozini ado etish uchun vaqtida eltishga xizmat qilishi ta’kidlangan.