TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. O‘zbekiston xalq artisti Obil Asomov bir necha yillik tanaffusdan keyin yana teleekranlarga qaytmoqda.
Milliy TV telekanali rasmiy saytida, Obid Asomov 24-iyun kechqurun bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan "Kulish shart" ko‘rsatuvida ishtirok etishi e’lon qilingan.
Eslatib o‘tamiz, xuddi shunday xabarlar 2016-yilning oktabr oyida ham paydo bo‘lgan edi, lekin keyinchalik ular o‘z tasdig‘ini topmagan edi.