TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Tojikiston sobiq suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Kamoliddin Nuraliyev fojiali tarzda vafot etdi, deb xabar qildi Sputnik Tojikiston.
Xabarda aytilishicha yo‘l-transport hodisasi mamlakat poytaxtidan yetmish kilometr narida Nurek shahri yaqinida yuz bergan.
Erkak avariya yuz bergan joyning o‘zida hayotdan ko‘z yumgan.
Kamoliddin Nuraliyev — Emomali Rahmonning kuyovi — Jamoliddin Nuraliyevning otasi bo‘ladi.
Jamoliddin Nuraliyev — mamlakat Milliy banki raisi o‘rinbosari lavozimini egallab kelmoqda.
Hodisa tafsilotlari hozircha oshkor etilmayapti, deyiladi nashr xabarida.