TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida "Damas" rusumidagi avtoulovni olib qochgan shaxs qo‘lga olindi, deb xabar qildi O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati.
Xabarga ko‘ra, Olmaliqda yashovchi endigina 22 yoshga kirgan M.U o‘zganing avtotransportini olib qochishga qo‘l uradi. U 1990-yilda tug‘ilgan xususiy tadbirkor A.S boshqaruvidagi "Damas" rusumli avtomashinani haydab qochgan. Ammo u uzoqqa bora olmadi va ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ushlandi. Olib borilgan qidiruv ishlari natijasida avtomashina Olmaliq shahar Primqulov ko‘chasi 11"V"-uy oldidan texnik soz holda topilgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.