Chet eldagi O‘zbekiston madaniy boyliklarni qaytaruvchi maxsus markaz tashkil qilindi

© Sputnik / Vadim ShekunEkspozitsiya vistavki "Kulturnoe nasledie Uzbekistana"
Ekspozitsiya vistavki Kulturnoe nasledie Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Markaz chet mamlakatlarda saqlanayotgan O‘zbekiston bilan bog‘liq madaniy boyliklar ma’lumotlar bazasini yaratish, ularni ilmiy o‘rganish hamda vataniga qaytarish masalalari bilan shug‘ullanadi.

TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev 20-iyun kuni imzolagan qaroriga binoan, O‘zbekistonda huzurida chet mamlakatlarda bo‘lgan o‘zbek madaniy boyliklarini o‘rganuvchi, hisobga oluvchi va qaytaruvchi markaz tashkil qilinadi.

Yangi tashkilot chet mamlakatlarda saqlanayotgan O‘zbekiston bilan bog‘liq madaniy boyliklar ma’lumotlar bazasini yaratish, ularni ilmiy o‘rganish hamda vataniga qaytarish masalalari bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, ushbu muassasa madaniy boyliklarni mamlakatga olib kirish va olib chiqish qoidalarining samaradorligini aniqlash bilan shug‘ullanadi.

Markaz Vazirlar mahkamasining Axborot-tahliliy departamentining ta’lim, fan va yoshlar siyosati bo‘limi nazorati ostida bo‘ladi.  Shuningdek, markaz, yaqinda tashkil qilinadigan, O‘zbekistonga tegishli bo‘lgan madaniy boyliklarni hisob-kitob qilish bilan shug‘ullanuvchi Respublika komissiyasiga hisobot berib boradi.

Yangiliklar lentasi
0