BAAda O‘zbekiston fuqarosi 3-yilga qamaldi

© Sputnik / Sergey Venyavskiy / Mediabankka o‘tishRuki v naruchnikax
Ruki v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dubayda 26 yoshli o‘zbekistonlik bezorilik va o‘g‘irlik uchun qamaldi.

TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. Dubay sudi 4 nafar O‘zbekiston  fuqarosi aralash bo‘lgan jinoiy ishni ko‘rib chiqdi. Sud hujjatlariga ko‘ra, ular 2016-yilning noyabr oyida Nepal fuqarosini kaltaklab, undan 700 ming dirham (190 ming dollar) naqd pulini tortib olishda ayblanmoqda.

Voqea Dubayning Noif mavzesida sodir bo‘lgan. 26 yoshli o‘zbekistonlik qutqaruvchi o‘z sheriklari bilan nepallik 40 yoshli sotuvchini ko‘chaning xilvat joyiga olib borib do‘pposlashgan va uning sumkasida bo‘lgan katta miqdordagi pulni undan tortib olishgan.

Jabrlanuvchining arizasiga binoan Dubay politsiyasi 4 nafar O‘zbekiston fuqarolarini hibsga olgan. Ulardan orasida jinoyatchining o‘zidan tashqari, o‘zbekistonlik savdogar va jinoyatchiga avtomobilni ijaraga bergan yana bir o‘zbekistonlik ham bo‘lgan.

Voqea tafsilotlari o‘rganib chiqilganidan keyin, Dubay sudi qo‘lga olinganlardan birini bezorilik va o‘g‘irlikda ayblab, 3-yilga ozodlikdan mahrum etgan. Boshqa fuqarolar esa, aybsiz deb topilib qamoqdan ozod qilingan. Sud qarori 19-iyun kuni e’lon qilingan. Unga ko‘ra, ismi oshkor qilinmagan O‘zbekiston fuqarosi jazo muddatini tugatgandan keyin vataniga deportatsiya qilinadi.

Bu haqida Gulf News nashri xabar bermoqda.

Yangiliklar lentasi
0