Ijtimoiy tarmoqlarda Abdulla Oripov haykali namunasi paydo bo‘ldi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga safari davomida O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov haykali loyihasi bilan tanishgan edi

TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston qahramoni Abdulla Oripov haykalining ilk namunasi paydo bo‘ldi.

Abdulla Oripov haykali namunasi surati bilan Feysbuk ijtimoiy tarmog‘ida Keldiyor Xo‘jayorov o‘rtoqlashgan.Internet foydalanuvchilari hali oxiriga yetkazilmagan haykal haqida o‘z fiklarini bildirishni boshladilar.

Jumladan, Rustam Mamatxonov haykalning juda chiroyli chiqayotgani haqida fikr bildirgan.

"Abdulla akani joylari jannatdan bo‘lsin, haykallari yaxshi chiqapti nazarimda", — deb yozib qoldirgan Farhod Jabborov.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga safari davomida O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov haykali loyihasi bilan tanishgan edi.

Davlat rahbari haykal loyihasini takomillashtirish, bu yerda Abdulla Oripov nomidagi maktab va uning ijodiga bag‘ishlangan muzey tashkil etish zarurligini ta’kidlagandi.

2016 yilning 5-noyabr kuni og‘ir xastalik tufayli 75 yoshida vafot etgan Abdulla Oripovning haykali Qarshi shahridagi O‘zbekiston ko‘chasida qad rostlaydi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0