Qanday qilib tikuvchidan tadbirkorga aylanish mumkin?

© Sputnik / Dmitriy Vinogradov / Mediabankka o‘tishTikuvchi qiz
Tikuvchi qiz - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun faqat tikuvchilik sexi ochish kamlik qilishidan xabaringiz bormi? Quyida tikuvchidan tadbirkorga aylanish uchun nimalar zarurligi haqida bilib olasiz

TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. Toyloq tumanida "Tadbirkorlik – jamiyat taraqqiyotining garovi" mavzuyida seminar bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi "Zarafshon" nashri.

Xokimiyat Samarkandskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Prezident maslahatchisi Samarqand xalq qabulxonalar faoliyatini tanqid qildi
Qayd etilishicha, kollej bitiruvchilari, tadbirkorlikni boshlayotgan xotin-qizlar, mahalla maslahatchilari tegishli mutaxassislar ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda ular uchun ko‘nikmalar va imtiyozlar haqida so‘z yuritildi.

"Hozirgacha bunday seminarlar beshta tumanda o‘tkazildi, – deydi "Tadbirkor ayol" viloyat hududiy bo‘linmasi rahbari Feruza Xonkeldiyeva. – Bu kabi seminarlar avgust oyiga qadar barcha tumanlarda o‘tkaziladi. Paxtachida o‘tgan shunday seminardan so‘ng ikki nafar ayol tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tib, o‘z ishini rasmiylashtirdi. Seminarlar davomida xotin-qizlarning tadbirkorlik bilan shug‘ullanishlari faqat tikuvchilik sexi ochishdan iborat emasligi, boshqa yo‘nalishlar haqida ham ma’lumotlar aytildi. Oilaviy tadbirkorlik, bankdan kredit olish tartiblari, soliq to‘lash xususida keng tushunchalar berildi".

Toyloqlik tikuvchi ayol L.Uzakova shu yerning o‘zida tuman "Yagona darcha" markazi vakili ishtirokida hujjatlarini rasmiylashtirib, tadbirkorga aylandi, deyiladi xabarda.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0