TOShKENT, 20-iyun – Sputnik. Bugun O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining navbatdan tashqari qurultoyi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda muassasaning Facebookdagi rasmiy sahifasi.
Qurultoyda Savdo-sanoat palataga yangi rahbar tayinlandi.
“Shayxov Alisher Erkinovich boshka ishga utishlari munosabati bilan Uzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi etib Ikramov Adxam Ilxamovich tayinlandi”, — deyilgan xabarda.
Undan tashqari, qurultoyda O‘zbekiston prezidentining 5087-sonli“Tadbirkorlik faoliyati rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash va biznesning qonuniy manfaatlarini muhofaza qilish tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni, 3068-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi faoliyatini tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorining mazmun mohiyati, Savdo-sanoat palatasi nizomiga kiritilishi kerak bo‘lgan o‘zgarishlar ko‘rib chiqildi.
Savdo-sanoat palatasining navbatdan tashqari qurultoyi davom etmoqda.