TOShKENT, 20-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining bugun e’lon qilngan qaroriga ko‘ra, 26-iyun dushanba kuni Ramazon hayti va dam olish kuni deb hisoblanadi, Sputnik muxbiri xabariga asosan.
Bu haqida prezidentining 20-iyun kuni e’lon qilingan «Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida»gi qarorida e’lon qilingan.
«O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2017-yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 26-iyun, dushanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qabul qilgan qarorini e’tiborga olib, 2017-yil 26-iyun dam olish kuni deb belgilansin va mamlakatimizda bayram sifatida keng nishonlansin», — deyilgan hujjat matnida.
Ushbu munosabat bilan respublikaning “Nuroniy” va mahalla fondlari va boshqa jamoat tashkilotlariga joylarda bayram tadbirlarini yuqori saviyada o‘tkazishni tashkilllashtirish topshirilgan.
O‘zbekiston Milliy telekanali va boshqa OAVlarga ramazon hayiti bilan bog‘liq tadbirlarni keng yoritish tavsiya qilingan.
Eslatib o‘tamiz, Ramazon hayiti O‘zbekiston prezidentning 368-sonli qaroriga binoan 1992-yildan buyon dam olish kuni sifatida belgilangan.