Ota-onam shunday tarbiyalagan, deb o‘zbekistonlik yigit hamonni egasiga qaytarib berdi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishKoshelek s dengami i bankovskimi kartami
Koshelek s dengami i bankovskimi kartami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik yosh yigit topib olgan, ichida 100 ming rubl va bank kartalari bo‘lgan hamonni egasiga qaytarib berdi. Ushbu voqea internetda ko‘plab olqishlarga sabab bo‘ldi.

TOShKENT, 20-iyun — Sputnik. "Vkontakte" ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi Pavel Shapkin o‘z sahifasida ichda katta miqdorda naqd pul bo‘lgan hamonini yo‘qotib qo‘yganini va uni qanday qilib qayta topilgani haqidagi so‘zlab berdi.

Pavelning so‘zlariga ko‘ra, ichida 100 ming rublga yaqin pul mablag‘i va bank kartalari bo‘lgan hamonni yo‘qotib qo‘ygan va hatto uni qayerda tushirib qoldirganini ham eslay olmagan. Lekin biroz vaqt o‘tib, unga bir kishi qo‘ng‘iroq qilib va hamonini topib olganini va uni qaytarib bermoqchi ekanini aytgan.

"Tasavvur qiling-a, oddiy o‘zbekistonlik yigit "ota-onam shunday tarbiyalagan" degan so‘zlar bilan hamonimni ichidagi barcha pullari bilan qaytarib bersa", — deb yozadi Pavel o‘zining xabarida.

"Men bu holatdan juda chuqur ta’sirlandim. Shu yigitga va uning oilasi uchun bu pullar albatta ortiqcha bo‘lmasdi, lekin u shunchaki, meni topib, hammasini qaytarib berdi. Bu yigitning qilgan hayrli ishini ta’riflarga til ojiz. Men hatto uning ismini so‘rashni ham esdan chiqaribman, faqat esdalik uchun tushirilgan mana shu rasm bor", deb yozgan Pavel Shapkin.

Ushbu xabar Rossiya va O‘zbekiston ijtimoiy tarmoqlarida bir kun ichda 7 mingdan ortiq "Like" oldi va ko‘plab izohlarga sabab bo‘ldi. Izohlarnig 99% ijobiy ma’noda. Ko‘pchilik "Ota-onagga rahmat" degan ma’nodagi so‘zlar yozib qoldirgan. 

"Yashavor bolakay, mana shunday odamlar tufayli o‘zbeklarni va o‘zbekistonliklarni chet elda ko‘proq hurmat qilishadigan bo‘ladi", — deb yozgan Alisher Sattarov ismli foydalanuvchi.

"Imonli qilib tarbiyalagan ota- onasiga ming raxmat. Birovni mulki hech kimga yaxshilik olib kelmaydi, minggi million bo‘lib chiqib ketadi" — degan Beck Fazilat.

Shu bilan birga juda ko‘p foydalanuvchilar Toshkentda va O‘zbekistonda o‘zlari yo‘qotib keyin qaytarilgan hamonlar va qimmatbaho telefonlar haqidagi voqealarni esga olishgan.

Yangiliklar lentasi
0