TOShKENT, 20-iyun — Sputnik. kecha 19-iyun kuni Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev Rossiyaga davlat tashrifi bilan keldi.
Tashrif davomida Atambayev Rossiya prezidenti Vladimir Putin, hukumat raisi Dmitriy Medvedev bilan, Boshqirdiston rahbari Rustem Xamitov bilan Ufada hamda Tatariston rahbari Rustam Minnixanov bilan Qozonda uchrashuvi rejalashtirilgan.
Moskvaning Vnukovo aeroportida faxriy qorovul ishtirokida rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ikki davlat bayroqlari ko‘tarildi va madhiyalari yangradi.
Shu kunning o‘zidayoq, Almazbek Atambayev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdi.
Shuningdek, tashrif davomida Qirg‘iziston prezidenti Rossiya hukumati rahbari Dmitriy Medvedev bilan, Boshqirdiston rahbari Rustem Xamitov bilan Ufada hamda Tatariston rahbari Rustam Minnixanov bilan Qozonda uchrashuvi rejalashtirilgan.
Atambayev tashrifi davomida Rossiyada Qirg‘iziston madaniyati kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.