Uyali aloqa operatorlari qachon so‘mli tariflarga o‘tishi oydinlashdi

© Collage SputnikSmartfon Android One
Smartfon Android One - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi qonun loyihasida aloqa xizmatlari to‘liq so‘mli narxlarga o‘tish muddati 2018-yilning 1-iyulidan belgilangan.

TOShKENT, 19-iyun — Sputnik.  O‘zbekiston uyali aloqa operatorlari 2018-yilning 1-iyulidan boshlab hisob-kitoblarni milliy valyutada amalga oshirishi kerak bo‘ladi. Ushbu borada kuchga kiradigan yangi qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Normativ-huquqiy hujjatlarni muhokama qilish davlat portalida joylashtirilgan.

"2018 yil 1-iyuldan tariflarni o‘rnatish va ko‘rsatilayotgan mobil aloqa xizmatlari uchun hisob-kitoblarni amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida amalga oshiriladi", — deyilgan yangi qabul qilinadigan qonun loyihasida.

Yangi qonunda shuningdek, uyali aloqa operatori bilan hamkorlik shartnomasini to‘xtatilgan hollarda uning hisob raqamida bo‘lgan, ishlatilmagan pul mablag‘lari 15 kun ichida qaytarilishi ham belgilangan.

Narxlar so‘mga o‘tishiga oz qoldi: operatorlarga so‘mli tariflar ishlab chiqish topshirildi

Mobil aloqa xizmatlari ko‘rsatish qoidalari 2017-yilning 1-iyuliga qadar muhokama qilinib, ushbu yilning 1-noyabridan kuchga kirishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, taxminan bir oy oldin O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar vazirligi uyali aloqa operatorlariga so‘mda belgilangan tariflar ishlab chiqarishni topshirgan edi. Vazirlik o‘shanda ushbu o‘zgarishlar narxlar o‘sishi yoki kamayishiga olib kelmasligini ta’kidlagan edi.

Podrobno.uz xabariga asosan.

Yangiliklar lentasi
0