Adliya vaziri o‘rinbosari yangi lavozimga tayinlandi

© Sputnik / Vladimir FedorenkoPidjak na kresle
Pidjak na kresle - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qarshiyev Hamdam 2016-yilning sentabr oyida prezident farmoni bilan Adliya vazirining o‘rinbosari - Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatdan va moliyaviy ta’minlash departamenti rahbari lavozimiga tayinlangan edi.

TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. Ushbu kunga qadar Adliya vaziri o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan Qarshiyev Hamdam O‘zbekiston Respublikasi IIV Transportda jamoat xavfsizligini ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi,  deb xabar qilmoqda UzNews nashri “Postda” gazetasi xabariga asosan.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar xodimi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston IIVda qator lavozim o‘zgarishlari amalga oshirildi

Eslatib o‘tamiz, 2016-yilning sentabr oyida Qarshiyev Prezident farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining o‘rinbosari — Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatdan va moliyaviy ta’minlash departamenti rahbari lavozimiga tayinlangan edi.

Qarshiyev Hamdam Aliqulovich – 1970-yilning 29-sentabr sanasida Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. 1997-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1987-yilda Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida boshlagan.

Qarshiyev 2009-yilda Toshkent shahar Yakkasaroy tumani IIB rahbari o‘rinbosari — Tergov bo‘limi boshlig‘i, 2013-2016 yillarda Qashqadaryo viloyati IIB rahbari o‘rinbosari — Tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

2015 yil 27-avgustida Hamdam Qarshiyev prezident farmoniga binoan “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yurist” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Yangiliklar lentasi
0