TOShKENT, 18-iyun — Sputnik. Kosta-Rika prezidenti Luis Gilyermo Solis jurnalistlar bilan suhbati chog‘ida arini yutib yubordi, deb xabar qildi ABC 6 telekanali.
Xabarga ko‘ra, ari, Solis mamlakatning janubiy qismida beton zavodi ochilishi to‘g‘risida nutq so‘zlayotgan vaqtda uning yoniga uchib kelgan. Ammo ro‘y bergan hodisadan so‘ng Solis o‘zini yo‘qotib qo‘ymagan.
"Men uni yedim. Men arini yutib yubordim. Bunaqasi har kuni ham bo‘lavermaydi. <…> Toza oqsil", — deb hazil qilgan voqeadan so‘ng Kosta-Rika rahbari.