TOShKENT, 18-iyun — Sputnik. Davlat test markazi saytida oliy ta’lim muassasalariga 2017-yilgi qabul haqida ma’lumotlar jadvali paydo bo‘ldi.
Jadvalda OTM nomi, belgilangan kvotalar hamda shu kungacha hujjat topshirgan abituriyentlar soni va har bitta o‘rin uchun nechta abituriyent to‘g‘ri kelishi ko‘rsatilgan.
Andijon davlat universiteti qabul komissiyasiga 419 abituriyent o‘z hujjatini topshirgan.
Ikkinchi o‘rinda Guliston davlat universiteti bormoqda — abituriyentlar soni 409 nafar.
368 nafar abituriyenti bilan Qarshi universiteti abituriyentlar eng ko‘p hujjat topshirgan OTMlar uchligini yakunlagan.
O‘zbekiston milliy universiteti, Milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi, Milliy rassomlik va dizayn instituti, Toshkent tibbiyot akademiyasi va uning Urganch filiali, Termiz davlat universiteti, Farg‘ona politexnika instituti va boshqa OTMlarga esa hali birorta hujjat topshirilmagan.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.