TOShKENT, 17-iyun – Sputnik. Bugun boshlanadigan Konfederatsiya kubogi musobaqalarini tomosha qilish uchun Rossiyaga minglab mehmonlar kelmoqda.
Shunday mehmonlardan biri, Chilidan kelgan jurnalist Gaspar Sayez Miranda Domodedovo aeroportidan shahar markazidagi mehmonxonagacha borish uchun taksichilardan biriga 50 ming rubl to‘lagan.
Biroz vaqt o‘tgach, jurnalist aldanganini payqab qolib politsiyaga murojaat qilgan. Politsiya qidiruvlardan keyin Moskva viloyatida yashovchi taksi haydovchisini qo‘lga olgan. Taksichi mehmondan olgan pulini qaytarib berib undan kechirim so‘ragan.
Haydovchiga nisbatan tovlamachilik haqida jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.RIA Novosti xabariga asosan.