TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. AQSh Harbiy dengiz floti esminetsi Yaponiya qirg‘oqlari yaqinida Fillipin bayrog‘i ostida harakatlanayotgan ACX Crystal nomli savdo kemasi bilan to‘qnashib ketdi, Reyter agentligi xabariga asosan.
AQSh Harbiy dengiz floti matbuot xizmati xabariga ko‘ra, to‘qnashuv oqibatida 7 nafar harbiy dengizchi dom daraksiz yo‘qolgan, ularni qidiruv operatsiyasi davom etmoqda. Undan tashqari harbiy ekipajning uch a’zosi, jumladan ekipaj komandiri ham ushbu to‘qnashuvda jarohat olgan va tez tibbiy rdam ko‘rsatish uchun evakuatsiya qilinishga muhtoj.
Matbuot xizmati, ushbu fojea qurbonlari haqida hozirga qadar ma’lumot bergani yo‘q.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, harbiy kema to‘qnashuvdan keyin, o‘ng tomoni suvga cho‘kishiga qaramasdan, mustaqil harakatlanishda davom etgan. To‘qnashuv 56 dengiz mili tezligida sodir bo‘lgan. AQSh Harbiy dengiz kuchlari to‘qnashuvdan keyin Yaponiya Qirg‘oqni qo‘riqlash qo‘shnlaridan yordam so‘rashga majbur bo‘lgan.
Internetda "jarohailangan" harbiy kema tushirilgan videolavha paydo bo‘ldi.