TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. Sirdaryo viloyatiga yangi prokuror tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.
O‘zbekiston bosh prokurorining 15-iyundagi buyrug‘iga muvofiq adliya maslahatchisi Ravshan Masharipov Sirdaryo viloyat prokurori lavozimiga 5-yil muddatga tayinlandi va mazkur prokuratura hay’ati raisi etib tasdiqlandi.
Ravshan Masharipov bundan avval Jizzax viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
Ushbu lavozimda u 12 iyun kuni Toshkent shahri prokurori etib tayinlangan Sherzod Obloqulovning o‘rnini egalladi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.