Ispan jurnalisti: Mirziyoyev gapdan ko‘ra ishni ma’qul ko‘radigan siyosatchi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Uzbekistana Sh. Mirziyeyevim
Prezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Uzbekistana Sh. Mirziyeyevim - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ispaniyalik jurnalist Alberto Rubio "Shavkat Mirziyoyev: ishonchli qadam tashlangan olti oy" maqolasida O‘zbekistonda bugungi kunda yuz berayotgan o‘zgarishlarni tahlil qildi

TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoni xorijda ham keng e’tibor va qiziqishga sabab bo‘lmoqda.

Xususan, taniqli jurnalist, "Ispaniyadagi diplomat" nashri bosh muharriri Alberto Rubio "Shavkat Mirziyoyev: ishonchli qadam tashlangan olti oy" maqolasida O‘zbekistonda bugungi kunda yuz berayotgan o‘zgarishlarni tahlil qilgan. Maqola Ispaniyaning Atalayar jurnalida chop etilgan, deb yozadi "Jahon" AA.

"Shavkat Mirziyoyev — o‘ta pragmatik (o‘z dunyoqarashiga ega, gapdan ko‘ra ishni ma’qul ko‘radigan amaliyotchi) siyosatchi. U O‘zbekistonni o‘tish davridan zo‘riqishlarsiz chiqib olishini yengillashtirgan, bozor iqtisodiyoti va demokratik tizim sari dadil odimlashga olib boruvchi yo‘lni qo‘llab-quvvatlaydi, — deyiladi maqolada. — Yangi tizim kamchiliklardan xoli bo‘lmasa-da, O‘zbekistonda ko‘p partiyaviy saylovlarni noxushliklarsiz o‘tkazish imkonini berdi. Eng muhimi — Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston prezidenti lavozimiga kirishganidan boshlab o‘tgan 180 kun davomida biz ushbu mamlakat siyosatida sezilarli o‘zgarishlarga guvoh bo‘ldik".

© SputnikAtalayar nashri sayti
Skrinshot sayta izdaniya Atalayar - Sputnik O‘zbekiston
Atalayar nashri sayti

Jurnalist yangi rahbarning qisqa muddatli istiqboldagi strategik va eng muhim — mamlakatda barqarorlikni saqlab qolish maqsadi amalga oshganini ta’kidlaydi. Prezidentlikka saylanganidan so‘ng olib ishlari esa mamlakatni rivojlantirishning yanada demokratik mexanizmlarini ishlab chiqish rejalaridan guvohlik beradi.

"Bu boradagi ilk choralardan biri prezidentning Xalq qabulxonalari tizimi tashkil etilishi bo‘ldi. Bu fuqarolar va tashkilotlarning prezidentga shaxsan va virtual tarzda murojaat qilish imkoniyati demakdir va bu deyarli inqilobiy tashabbus, — deb hisoblaydi ispan sharhlovchisi. — Mamlakat taraqqiyoti uchun muhim bo‘lgan yangicha iqtisodiy qarash esa O‘zbekistonni 2017-2021 yillarda besh ustuvor yo‘nalish bo‘yicha rivojlantirishning harakatlar Strategiyasida o‘z aksini topdi. U xususiy sektor va xorijiy investitsiyalarning qat’iy qo‘llab-quvvatlanishiga qaratilgan. Shu maqsadda mamlakatda erkin iqtisodiy hududlar soni 7taga yetdi, buning ustiga ular turli hududlarda tashkil etildi. EIHlarda investorlar uchun alohida soliq siyosati amal qiladi".

Muallif shu bilan birga mamlakatga xorijiy investitsiyalar kirishiga to‘sqinlik qiluvchi ma’lum bir omillar borligini qayd etadi. Ulardan biri valyuta masalasi bo‘lib, uning tartibga solinishi investorlarga o‘z daromadlarini to‘laligicha yoki qisman o‘z mamlakatlariga jo‘natish imkonini bergan bo‘lardi.

Alberto Rubio xulosa qilar ekan, O‘zbekistonning yangi rahbariyati tomonidan tanlangan yo‘l bosqichma-bosqich amalga oshiriluvchi islohotlarning yaxlit majmuasini tashkil qilishini va bu yo‘l oson emasligini bildiradi. Lekin muallifning fikriga ko‘ra, eng asosiysi prezident va xalqning taraqqiyotning yangi darajasiga erishish va global bozor iqtisodiyotiga qo‘shilish borasida mustahkam irodaga ega ekanligidir.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0