AQSh energetika vazirligi Yadro fizikasi institutiga maxsus yuk mashinasini taqdim etdi

© Sputnik / A. Solomonov / Mediabankka o‘tishYadernoe toplivo
Yadernoe toplivo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Maxsus jihozlangan yuk avtomashinasi radioaktiv moddalarni xavfsiz olib yurishga yordam beradi

TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. AQSh energetika vazirligi radioktiv moddalarni xavfsiz tashish uchun O‘zbekiston fanlar akademiyasi huzuridagi Yadro fizikasi institutiga maxsus yuk mashina taqdim etdi, bu haqda RIA novosti AQSh O‘zbekistondagi elchixonasiga tayangan holda xabar berdi.

Diplomatik vakolatxona ma’lumotiga ko‘ra, maxsus transport vositasini taqdim etish marosimida AQSh elchixonasi huzuridagi eksport va chegaralar xavfsizligi bo‘limi hamda AQSh energetika vazirligi qoshidagi yadroviy xavfsizlik bo‘yicha milliy ma’muriyat (DOE/NNSA) vakillari ishtirok etdilar.

"Ushbu transportning olib kelinishi radioaktiv chiqindilarni ko‘mish bo‘yicha respublika korxonasiga zaharli moddalarni tashishda va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash imkoniyatini kengaytiradi", — deb aytib o‘tilgan xabarda.

2016 yil noyabr oyida ushbu korxona tomonidan respublikada radioaktiv chiqindilarni ko‘mish tizimi takomillashtirildi. AQSh energetika vazirligi va Buyuk Britaniyaning biznes, enegetika va sanoat strategiya vakolatxona departamenti (BEIS) tomonidan qiymati 330 ming dollarga teng bo‘lgan texnik ko‘mak taqdim etildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti 2017-yil fevral oyida Yadro fizikasi instituti O‘zbekiston fanlar akademiyasi tizimida qayta tikladi. 2016-yilda may oyida ushbu institut tugatilgan edi. FVV tarkibida bo‘lgan Radioatsion xavfsizlik xizmati ushbu institut tuzilmasiga kiritildi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

 

Yangiliklar lentasi
0