TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. Poytaxtning Shayxontohur tumanidagi tibbiyot kollejida yong‘in yuz berdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, 13-iyun kuni Shayxontohur tumanidagi tibbiyot kollejining bir guruh o‘quvchilari tug‘ilgan kunni nishonlashgan. Tug‘ilgan kunni nishonlash jarayonida yonib turgan shamlar bilan gaz (geliy) to‘ldirilgan sharlar tutashib yong‘in kelib chiqqan.
Yong‘in natijasida kollejning uch nafar kollej talabasi turli darajadagi kuyish jarohatlari bilan 1-sonli shahar klinik shifoxonasiga yotqizilgan.
Toshkent shahar IIBB havo sharlaridan foydalanmaslikni tavsiya qilmoqda.