TOSHKENT, 14 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston prezidentining joriy yil 12 iyundagi qaroriga koʻra, Sobitxon Toshpoʻlatovich Turgʻunov Xalq taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi, deb xabar berdi uznews.uz.
Xabarda aytilishicha, Sobitxon Turgʻunov Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining Namangan viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
U bu lavozimda toʻrt oyga yaqin ishladi, deyiladi xabarda.
Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.