Turizm

"Mir" teleradiokompaniyasi Oʻzbekiston haqida hujjatli film suratga olmoqda

© Goskomturizm Uzbekistana / Telekanal "Mir" snimayet dokumentalnыy film v Uzbekistane
Telekanal Mir snimayet dokumentalnыy film v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Rossiyalik teleijodkorlar Oʻzbekistonning qadimiy shaharlari va milliy urf-odatlari, anʼanalari haqida film suratga olmoqda

TOSHKENT, 14 iyun — Sputnik. Rossiyaning "Mir" teleradiokompaniyasi ijodiy guruhi "Nefrit yoʻli" hujjatli filmini suratga olish maqsadida Oʻzbekiston shaharlari boʻylab safar qildi. Bu haqda Oʻzbekiston turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi xabar berdi.

Tasvirga olish guruhi dastlab Xiva shahrida mehmon boʻldi. Tashrifdan koʻzlangan maqsad qadimiy Markaziy Osiyo shaharlaridan biri Xiva shahri haqidagi epizodni suratga olishdan iborat edi.

© Goskomturizm Uzbekistana / "Mir" telekanali ijodkorlari Xivada
Telekanal Mir snimayet dokumentalnыy film v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston
"Mir" telekanali ijodkorlari Xivada

Tasvirga olish ishlari "Ichan qalʼa" davlat muzey qoʻriqxonasi obʼyektlari "Koʻhna ark", "Oq Shayx" bobo, "Juma" masjidi, "Tosh hovli", "Olloqulixon" madrasalarida olib borildi.

Shuningdek, tashrif doirasida, milliy taomlar koʻrgazmasi namoyish etildi. Shu bilan birga milliy folklor guruhlari oʻz chiqishlari bilan tasvirga olish guruhiga manzur boʻldi.

"Mir" teleradiokompaniyasi ijodkorlari Xivadan Margʻilon shahriga yoʻl olishdi.

Yangiliklar lentasi
0