O‘zbekistonlik ayol 2 kunlik chaqalog‘ini 7,5 mln so‘mga sotmoqchi bo‘ldi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishYangi tug‘ilgan bola
Yangi tug‘ilgan bola - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayol qo‘shnisiga chaqalog‘ini sotishni taklif qilgach, qonunga zil bu ish haqida huquq-tartibot organlariga qo‘shni ayol zudlik bilan xabar berdi

TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. O‘zbekistonlik ayol o‘zining 2 kunlik farzandini 7,5 mln so‘mga sotmoqchi bo‘ldi, deb xabar berdi NUZ.uz. nashri.

Zaderjanie prestupnika - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda padarkushga 17-yil qamoq jazosi berildi

Xabarda aytilishicha, Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiluvchi 25 yoshli ayol yangi tug‘ilgan 2 kunlik farzandini qo‘shnisiga  sotmoqchi bo‘ldi.

Ayol 2 kunlik chaqaloq uchun 7,5 mln so‘m so‘ragan.

Bu qing‘ir ish haqida tuman ichki ishlar bo‘limiga ushbu bolani sotib olish taklifini olgan qo‘shni ayol xabar bergan.

Ayol bolani sotmoqchi bo‘lgan paytda daliliy ashyolar bilan qo‘lga olingan. Hozirgi kunda ayolga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 135- moddasi 3-qism bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0