TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinga hamdardlik maktubi yo‘lladi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali.
Hamdardlik maktubida "Baykalorti o‘lkasida yo‘lovchi avtobusi ishtirokida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida ko‘plab insonlarning halok bo‘lgani va jarohat olgani haqidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qildim", — deyiladi.
O‘zbekiston rahbari qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga samimiy ta’ziya va dalda so‘zlarini yetkazib qo‘yishni so‘ragan hamda jarohat olganlarga tez fursatlarda sog‘ayib ketishlarini tilagan.
Eslatib o‘tamiz, 11-iyun kuni Baykalorti o‘lkasida ichida 51 kishi bo‘lgan yo‘lovchi avtobusi ag‘darilib ketishi oqibatida 14 kishi halok bo‘lgan va 34 kishi og‘ir jarohatlangan.