O‘zbekistonda bosh vazir o‘rinbosarlari soni qisqartirildi

© Sputnik/Viktor TolochkoPodpisanie dokumentov
Podpisanie dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidentining qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida o‘zgarishlar yuz berdi

TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda Vazirlar Mahkamasi tuzilmasi o‘zgartirildi, deb xabar bermoqda Podrobno.uz. O‘zbekiston prezidentining bu haqdagi qarori prezidentning rasmiy veb-saytida keltirilgan.

Hujjatga muvofiq, bosh vazirning o‘rinbosari — Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish kompleksining rahbari lavozimi tugatildi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev farmoni bilan O‘zbekistondagi bir vazirlik tugatildi

Bundan tashqari, Shavkat Mirziyoyev qaroriga asosan bosh vazir o‘rinbosari — "O‘zavtosanoat" aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi — Eksport salohiyatini va mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksining rahbari hamda bosh vazir o‘rinbosari — ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport kompleksi rahbari lavozimlari ham tugatildi.

Ularning o‘rniga quyidagi lavozimlar joriy etildi:

— O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiy rivojlanish masalalari, tarkibiy o‘zgartirishlar, investitsiyalar, bank va moliya tizimini isloh qilish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish kompleksi rahbari;

O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari — "O‘zavtosanoat" aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi — tashqi iqtisodiy faoliyat, eksport salohiyatin, mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksining rahbari.

Vazirlar Mahkamasida to‘rtta axborot-tahlil departamenti tugatildi. Shuningdek, huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi ham tugatildi.

Yangiliklar lentasi
0