TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, 13-iyundan 1 AQSh dollari kursi 28,71 so‘mga oshadi va 3 903,19 so‘mni tashkil qiladi.
Yevroning qiymati 57,42 so‘mga oshib, 4 393,66 so‘mni tashkil qiladi.
Rossiya rubli 0,12 so‘mga qimmatlashib 68,47 so‘mga yetadi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.