OAV: Melanya Tramp kenja o‘g‘li Berron bilan Oq uyga ko‘chib o‘tdi

© KENA BETANCUR / AFPMelaniya Tramp
Melaniya Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
OAVlarda tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, Nyu-Yorkda istiqomat qiluvchi Tramplar oilasi xavfsizligini ta’minlash uchun shahar politsiya boshqarmasi kuniga 127-146 ming dollar sarflagan

TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. AQShning birinchi xonimi Melanya va uning kenja o‘g‘li Berron Donald Tramp prezident etib saylanganidan to‘rt yarim oy o‘tib, Oq uyga ko‘chib o‘tdilar, deb xabar qilmoqda RIA Novosti NBC News telekanaliga tayangan holda.

Sputnik_ Donald i Melanya Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Melanya Tramp Donaldni yana bir marta noqulay ahvolga soldi
Melanya o‘zining Twitter dagi mikroblogida Oq uy ichkarisidan olingan suratni chop etgan va suratga "Yangi uyda boshimizdan kechiradigan lahzalarni sabrsizlik bilan kutaman", — deya izoh qoldirgan.

Eslatib o‘tamiz, Melaniyaning Oq uyga qachon ko‘chib o‘tishi masalasi shu kungacha qizg‘in muhokama qilib kelingan edi. Deylik, ilgariroq Tramp Oq uyga ko‘chib o‘tgach, AQSh prezidentining rafiqasi Nyu-Yorkda qolishga qaror qilgani haqida xabarlar tarqalgandi. Juftlikning 10 yashar o‘g‘li Berron o‘quv yilini Nyu-Yorkda tugallab olishi uchun shunday qaror qabul qilingandi.

OAVlarda tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, Nyu-Yorkda Tramplar oilasi xavfsizligini ta’minlash uchun shahar politsiya boshqarmasi kuniga 127-146 ming dollar sarflagan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0