TOShKENT, 10-iyun — Sputnik. Toshkentda O‘zbekiston-Qozog‘iston Qo‘shma demarkatsiya komissiyasining 56-majlisi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur majlis davomida ikki davlat Hukumat delegatsiyalari O‘zbekiston-Qozog‘iston Davlat chegarasining demarkatsiyasiga oid hujjatlarni tayyorlash va kelishishni davom ettirdilar.
Uchrashuv do‘stlik va hamjihatlik ruhida bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.