TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. 6-iyun, taxminan ertalabki soat 6 da "Fleshka" savdo markazi yaqinida tanasida biron-bir tan jarohat izlari bo‘lmagan yosh yigit jasadi topildi. Bu haqda Shayxontohur tumani IIBdagi tegishli manbalarga tayanib "UzNews" xabar qilmoqda.
16 yoshli yigitning jasadi poytaxtda istiqomat qiluvchi 1965-yilda tug‘ilgan shaxs tomonidan topib olingan va u zudlik bilan "102" raqami orqali huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilgan.
Sud-tibbiy ekspertiza xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv davomida jasad Yunusobod tumanidagi 271- maktabning 9-sinf o‘quvchisi, 2001-yilda tug‘ilgan Tojiboyev Dilmurod Olimjon o‘g‘li ekanligi aniqlangan.