TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xodimlari xalqaro terrorchilik uyushmasi a’zosi bo‘lgan xudkush-terrorchini qo‘lga oldi, u o‘zini portlatishga tayyorgarlik ko‘rayotgan bo‘lgan, deb xabar qildi Qirg‘iziston MXDQ matbuot-xizmati.
"Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilayotgan antiterror tadbirlari davomida terrorchilik aktini sodir etishga tayyor turgan xalqaro terrorchilik uyushmasi a’zosi qo‘lga olindi. XTU rahbarlari ko‘rsatmasiga binoan u odamlar ko‘p to‘planadigan joyda portlash uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rgan", — deyiladi xabarda.
Qirg‘iziston maxsus xizmatlari ma’lumotiga ko‘ra, xudkush-terrorchi "mini-portlash bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tgan. Shuningdek, uni xudkush terrorchi sifatida ham obdon tayyorlashgan. Qo‘lga olingan vaqtida u qo‘lbola portlash moslamasini yig‘ayotgan bo‘lgan.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.