O‘zbekiston terrorni qoralaydi: Mirziyoyev Eron prezidentiga hamdardlik bildirdi

© IA "Jaxon"O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Chorshanba kuni ertalab ayollar libosini kiyib olgan to‘rt kishidan iborat guruh Eron parlamenti binosida o‘t ochgan edi. Sal keyinchalik hujum uyushtirganlarning biri o‘z-o‘zini portlatdi. Terakt natijasida 13 kishi halok bo‘ldi, yana 43 nafari jarohatlandi

TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron Islom Respublikasi Prezidentiga hamdardlik maktubini yo‘lladi, deb xabar qildi prezident matbuot-xizmati.

Tehron - Sputnik O‘zbekiston
Noma’lum shaxs Eron parlamentida o‘t ochdi
"Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy Janobi Oliylariga, Muhtaram Prezident Janobi Oliylari, Eronning parlament binosida hamda oyatullo Homeyniy maqbarasida sodir etilgan terrorchilik harakatlari oqibatida ko‘plab insonlarning nobud bo‘lgani va og‘ir jarohat olgani haqidagi xabar bizni qattiq qayg‘uga soldi.

O‘zbekiston ushbu qabih terrorchilik xurujlarini, ular qanday shakl va mazmunda bo‘lishidan qat’iy nazar, keskin qoralaydi hamda mazkur baloga qarshi xalqaro miqyosda hamkorlik qilish zarurligini yana bir bor ta’kidlaydi.

Ushbu musibatli damlarda Siz Janobi Oliylariga va Siz orqali butun Eron xalqiga chuqur ta’ziya izhor etamiz. Qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik tuyg‘ularimizni yetkazib qo‘yishingizni so‘raymiz. Jarohat olganlarni esa tez fursatlarda sog‘ayib ketishini tilaymiz.

Qayg‘u ila, Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti", — deyiladi maktub matnida.

Eslatib o‘tamiz, Chorshanba kuni ertalab ayol liboslariga burkanib olgan to‘rt kishidan iborat guruh Eron parlamenti binosida o‘t ochgan edi. Sal keyinchalik hujum uyushtirganlarning biri o‘z-o‘zini portlatdi. Terakt natijasida 13 kishi halok bo‘ldi, yana 43 nafari jarohatlangan edi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0