Italiya va Germaniya aholisi NATO xarajatlari uchun to‘lovlar oshirilishidan norozi

© Sputnik / Mixail Palinchak / Mediabankka o‘tishFlag NATO
Flag NATO - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
So‘rov natijalariga ko‘ra, britaniyaliklarning yarmidan ko‘prog‘i va 44 %dan ortiq fransiyaliklar mudofaa xarajatlari uchun YaIMning 2 %igacha mablag‘ ajratilishini to‘g‘ri deb hisoblagan

TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Brusselda NATO sammiti o‘tkazilishidan avval Sputnik Mneniya tadqiqoti natijalariga ko‘ra, Buyuk Britaniya va Fransiya aholisi NATO budjeti uchun to‘lovlar oshirilishini qo‘llab-quvvatlamoqda, lekin Germaniya va Italiya aholisi bunga qarshi ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur masalada o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, 50 %dan ortiq britaniyaliklar va 44 %dan ortiq fransiyaliklar mudofaa xarajatlari uchun YaIMning 2 %igacha mablag‘ ajratilishini to‘g‘ri deb hisoblaganlar.

Italiya (53 %) va Germaniyada esa aksincha, so‘rovda ishtirok etganlarning aksariyati harbiy xarajatlar o‘sishini ma’qullamagan: italiyaliklarning 53 va germaniyaliklarning 47% aholisi bunga qarshi ekanliklarini bildirishgan.

Fransiyaning jamoatchilik fikrini o‘rganuvchi IFop kompaniyasi tomonidan 2017-yil 21-25 aprel kunlari o‘tkazilgan tadqiqotda 3 203 kishi ishtirok etdi.

© SputnikNATO mudofaa xarajatlarini oshirish bo‘yicha so‘rovnoma
Opros Doljna li Vasha strana narastit rasxodi na oboronu - Sputnik O‘zbekiston
NATO mudofaa xarajatlarini oshirish bo‘yicha so‘rovnoma

Eslatib o‘tamiz, 25-may kuni Brussel shahrida NATOga a’zo davlatlar mudofaa xarajatlari uchun to‘lovni YaIMning 2 %igacha oshirish bo‘yicha yillik rejatuzishga kelishib olishgandi. Hozircha NATOga a’zo 28 davlatdan faqatgina 5 tasi (AQSh, Buyuk Britaniya, Gretsiya, Polsha, Estoniya) shu miqdorda to‘lov to‘lamoqda.

Yangiliklar lentasi
0