Bo‘lar endi: Turkmaniston prezidenti bepul gaz, suv, elektrni bekor qilmoqchi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishPrezident Turkmenii Gurbanguli Berdimuxamedov
Prezident Turkmenii Gurbanguli Berdimuxamedov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkmaniston fuqarolari uchun imtiyozlar 1993-yilda birinchi prezident Saparmurat Niyozov tomonidan joriy etilgandi

TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov mamlakatda aholi uchun joriy etilgan barcha ijtimoiy imtiyozlarni bekor qilishni buyurdi, deb xabar bermoqda Sputnik Qirg‘iziston.

Gurbanguli Berdimuxamedov - Sputnik O‘zbekiston
Turkmaniston prezidenti quruvchilarga gitara chalib qo‘shiq kuylab berdi

Xabarda aytilishicha, Berdimuhamedov bosh vazir o‘rinbosari Bashimmirat Xojamammedovga barcha imtiyozlarni bekor qilish bo‘yicha taklif tayyorlash vazifasini topshirgan.

"Bugungi kunga kelib imtiyozlar tizimi mutlaqo samarasiz bo‘lib qolganligi ochiq-oydin ko‘rinib turibdi va biz bu haqda ilgari ham bir necha marta aytganmiz. Shuning uchun, sizga Xojamammedov, tez kunlarda barcha imtiyozlarni bekor qilish bo‘yicha takliflar tayyorlashni topshiraman. Imtiyozlar hammaga emas, balki faqatgina haqiqatan ijtimoiy yordamga muhtojlarga berilishi kerak", — degan u.

Turkmaniston fuqarolari uchun imtiyozlar 1993-yilda birinchi prezident Saparmurat Niyozov tomonidan joriy etilgandi — fuqarolar suv, gaz va elektrdan bepul foydalanishlari mumkin edi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0