TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Chilonzordagi savdo do‘koni yerto‘lasida bangixona tashkil qilingani aniqlandi, deb xabar qildi Toshkent shahar IIBB matbuot-xizmati.
Yerto‘lani ko‘zdan kechirish davomida 1,06 gramm "marixuana" giyohvand moddasi, shprislar va giyohvandlik moddasini iste’mol qilish uchun asbob-uskunalar olingan.
Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan JKning 273-moddasi 4-qismi (giyohvandlik vositalarini qonunga xilof ravishda tayyorlash, bunday vositalarni iste’mol qilish uchun bangixonalar tashkil qilish va saqlash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
G‘oipovga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.