TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. Yaponiya O‘zbekiston fuqarolariga viza uchun ariza berish tartibini soddalashtirdi, deb xabar bermoqda UzNews.uz Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasiga tayanib.
Yangi qoidalar shu yilning 5-iyunidan kuchga kirgan.
Xabarda aytilishicha, Yaponiyaga borish uchun viza olishda talab qilinadigan ayrim hujjatlar bekor qilingan hamda ko‘p martalik viza muddati uzaytirilgan.
Ilgariroq O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi o‘zbekistonlik xotin-qizlarni Yaponiyaga ishga taklif qilgan edi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.