TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. Toshkent hayvonot bog‘ida birinchi marta qora oqqush jo‘ja ochdi, deb xabar qildi hayvonot bog‘i matbuot xizmati.
"Oqqushlar alohida qafasga joylashtirilgan edi. Hayvonot bog‘i xodimlari tomonidan alohida uycha qurib berilgan. Ushbu uychada oqqush jo‘jasi dunyoga keldi", — deyiladi xabarda.
Avval ham oqqushlar tuxum qo‘ygan, biroq polaponlar ochilmagandi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.