Davlat budjeti 132 mlrd. so‘mdan ortiq miqdorda profitsit bilan ijro etildi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishZdanie Senata Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan v Tashkente
Zdanie Senata Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Aholi jon boshiga real yalpi daromadlar 11 foizga, budjet tashkilotlari xodimlarining o‘rtacha oylik ish haqi, pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalar miqdori tegishincha 15 foizga oshdi

TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. Davlat budjeti tasdiqlangan ko‘rsatkichlarga muvofiq va 132 mlrd. so‘mdan ortiq miqdorda profitsit bilan ijro etildi. Bu haqda parlament matbuot xizmati axborot berdi.

Deputatlar parlament nazorati doirasida O‘zbekiston moliya vaziri tomonidan taqdim etilgan Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining 2016-yildagi hamda 2017-yilning birinchi choragidagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni ko‘rib chiqdilar.

O‘zbekiston senat kengashi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 2017-yilgi davlat budjeti tasdiqlandi

YaIMning o‘sishi 7,8 foizni, sanoat mahsulotlari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi tegishincha 6,6 foizni tashkil etdi. Bundan tashqari, aholi jon boshiga real yalpi daromadlar 11 foizga, budjet tashkilotlari xodimlarining o‘rtacha oylik ish haqi, pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalar miqdori tegishincha 15 foizga oshdi.

"Fuqarolar manfaatlarini ta’minlash bevosita tadbirkorlikni rivojlantirishga, davlatning ijtimoiy majburiyatlarini bajarishga, samarali budjet-soliq siyosatini yuritishga, shuningdek investitsiyalar hajmini izchil ko‘paytirishga bog‘liqdir", — deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi raisi A.Shodmonov.

Majlis yakunlariga ko‘ra Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining 2016-yildagi hamda 2017-yil birinchi choragidagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni tasdiqlash haqida qaror qabul qildi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0