O‘zbekiston Konstitutsiyasiga kiritilgan o‘zgarishlar kuchga kirdi

© Sputnik / Valeriy MelnikovFlag Uzbekistana
Flag Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Konstitutsiyasining 80, 93, 108, 109 moddalariga kiritilgan, Senat tomonidan 27-mayda tasdiqlangan o‘zgarishlar prezident tomonidan tasdiqlandi.

TOShKENT, 1-iyun – Sputnik. Shavakat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilgan o‘zgarishlarni tasdiqladi, deb xabar qilmoqda TIV rasmiy sahifasi. 

Ushbu o‘zgarishlar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining mustaqilligini mustahkamlashga qaratilgan.

O‘zbekiston Konstitutsiyasining 80, 93, 108, 109 moddalariga kiritilgan o‘zgarishlar Oliy Majlisning qonunchilik palatasi tomonidan 23-mayda, Senat tomonidan 27-mayda tasdiqlangan edi.

O‘zbekiston Konstitutsiyasiga kiritilgan o‘zgarishlar bilan batafsil quyida tanishiningiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0