TOShKENT, 31-may — Sputnik.Yangi imtiyozlar "Shaxar yo‘lovchi transportida bepul foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida"gi qonun loyihasida aks ettirilgan.
Unda aytilishiga ko‘ra, yadroviy poligonlar va boshqa radiatsiya-yadroviy obyektlarda xizmatni qilgan pensiya yoshidagi nogironlarga shahar yo‘lovchi transportidan bepul foydalanish huquqini berish rejalashtirilgan.
Loyihani muhokama qilish 2017-yil 30-iyun kuni yakunlanadi va yangi qonun 2017-yil 21-dekabridan kuchga kiradi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu yilning 15-martidan boshlab soat 10:00 dan 16:00 ga qadar barcha pensionerlarga Toshkent metropoliteni xizmatidan bepul foydalanish imkoniyati yaratilgan edi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.