Video kameralar tufayli YTHlar soni 3 baravar kamaydi

© StringerRabota sotrudnikov militsii Uzbekistana
Rabota sotrudnikov militsii Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahar IIBB YHXB ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent yo‘llarida maxsus foto va video kuzatuv kameralari o‘rnatilishi harakat xavfsizligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Aksariyat haydovchilar transport vositalarini boshqarish jarayonida intizomli va ehtiyotkor bo‘lib qolishdi.

TOShKENT, 31-may — Sputnik. Toshkent shahrida yo‘l transport hodisalarni qayd etish maxsus foto va video kuzatuv tizimi joriy etilishi natijasida yo‘l transport xodisalari 3 baravarga kamaydi, deb xabar qildi UZ24 nashri, Toshkent shahar IIBB YHXB ma’lumoti asosida.

2017 yilning 15-martidan 29-mayiga qadar haydovchilar aybi bilan 235 ta yo‘l transport hodisalari sodir bo‘lgan. Bu 2016-yilning shu davriga nisbatan 28,8 % ga kam. Qurbon bo‘lgan va jarohatlanganlar soni 40,4% va 31,1 % ga kamaydi.

Lekin, Toshkentning ayrim tumanlarida bu barodagi vaziyat salbiy tomonga o‘zgardi. Jumladan, shu davr mobaynida Uchtepa tumanida 33 kishi (2016 yilda — 24 kishi), Bektemir tumanida 11 kishi (2016 yilda 8 kishi) jabrlandi.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yil 15-martdan boshlab Toshkentning 115 ta chorrahasida yo‘l transport xodisalarni maxsus foto va video kuzatuv tizimi ishga tushirilgan bo‘lib, jami 883 ta kuzatuv videokameralari o‘rnatildi. Hozirgi kunda ushbu tizimda Yo‘l harakati qoidalarining 2 turdagi buzilishini avtomatik qayd etish funksiyasi mavjud. Bular — avtotransport haydovchilarining belgilangan harakatlanish tezligini oshirishi va sfetoforning taqiqlovchi belgisida o‘tish.

Yaqin orada Samarqandda ham shunday tizim ishga tushiriladi. Hozirgi kunda tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0