Siyosiy boshpana berish bo‘yicha ma’lumotlar bazasi joriy etiladi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka o‘tishProtsedura snyatiya biometricheskix dannix
Protsedura snyatiya biometricheskix dannix - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2017 yil 29-may kuni respublikada siyosiy boshpana berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash bo‘yicha O‘zbekiston prezidenti farmoni qabul qilindi.

TOShKENT, 31-may — Sputnik. O‘zbekistonda siyosiy boshpana so‘rab murojaat etgan shaxslarning biometrik ma’lumotlar bazasi joriy etiladi. Bu haqda Sh.Mirziyoyev prezident farmonini imzoladi, RIA Novosti xabariga asosan.

Mazkur farmon talablariga ko‘ra, O‘zbekiston Ichki ishlar va Moliya vazirliklari, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi bilan birgalikda 2 oy muddatda belgilangan tartibda siyosiy boshpana so‘rab murojaat etgan xorijiy fuqarorlar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar to‘g‘risida biometrik ma’lumotlarni shakllantirish bo‘yicha taklif kiritish haqida topshiriq berildi.

Prezident ushbu farmoni xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan qoidalari va tamoyillar hamda O‘zbekiston Konstitutsiyasining 93 moddasi 22-bandi talablari asosida qabul qilingan bo‘lib, O‘zbekiston prezidenti vakolatlariga kiruvchi O‘zbekiston fuqaroligiga va siyosiy boshpana berishga oid masalalarni hal etadi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0