Samarqand chorrahalarida ham kameralar o‘rnatiladi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishKamera fiksatsii narusheniy na doroge
Kamera fiksatsii narusheniy na doroge - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samarqand shahrining eng gavjum chorrahalarida quyosh batareyalarida ishlaydigan svetoforlar o‘rnatila boshlandi.

TOShKENT, 31-may – Sputnik. Samarqand viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi Boshqarmasi boshlig‘i Ravshan Toshmurodov aytishiga qaraganda yaqin kelajakda Samarqand chorrahalarida ham videoqayd kameralari o‘rnatiladi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston IIV matbuot xizmati.

“Hammaga ma’lumki, 15-martdan boshlab Toshkentning  115 chorrahasida YHX qoidalari buzilish holatlarini foto va videoqayd qilish kameralari ishga tushgan. Ushbu tizim qisqa vaqt ichida o‘zining samaradorligini ko‘rsatdi. Yaqin orada Samarqandda ham shunday tizim ishga tushiriladi. Videoqayd kameralari va svetoforlar yagona tizimda ishlaydi. Uning faoliyati uzuluksiz bo‘lishi uchun shahar chorrahalarida quyosh batareyalari o‘rnatilmoqda”, — dedi Toshmurodov.  

Uning aytishiga qaraganda, shahar svetoforlari faoliyatini optimallashtirish natijasida yo‘llarning o‘tkazish xususiyati oshadi va bu svetoforlarda to‘xtab turish vaqtini 20-25%ga,  chiqarish gazlarini va yonilg‘i sarfini 5-15 %ga qisqartiradi. Oxirgi ikki omil shahar ekologiyasiga ham ijobiy ta’sir qiladi.

Yangiliklar lentasi
0