TOShKENT, 31-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning rasmiy sayti ishga tushirildi, deya xabar beriladi prezidentning Facebook'dagi sahifasida.
President.uz saytidan yangiliklar, qarorlar, Prezident farmonlari, shuningdek, mediateka joy olgan. Veb-sayt o‘zbek, rus va ingliz tilida faoliyat yuritadi.Saytda prezidentning tarjimai holi bilan ham tanishish mumkin.
Shuningdek, veb-saytda elektron raqamli imzodan foydalanmagan holda bevosita O‘zbekiston prezidentiga elektron tarzda murojaatlarni yuborish imkoniyati ham taqdim etilgan.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.