TOShKENT, 30-may — Sputnik. MDH davlat rahbarlari Kengashining navbatdagi yig‘ilishi 11-oktabr kuni Sochida bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
"Hamdo‘stlik davlat rahbarlarining 2017-yilgi Kengashi 11-oktabr kuni Sochida bo‘lib o‘tadi. Undan bir kun avval — 10-oktabrda MDH Tashqi ishlar vazirligi Kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Davlat rahbarlarining Kengashi kun tartibi kunning eng dolzarb masalalari kiritilishi rejalashtirilgan", — dedi MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi Sergey Lebedev.
Lebedev aytishiga qaraganda, MDHning bugungi kun talablariga moslashish jarayoni samarali kechmoqda. Buning isboti sifatida oldin faqat oliy darajada ko‘rib chiqilgan masalalar, bugungi kunda quyi darajadagi ixtisoslashgan tuzilmalar tomonidan hal qilinayotganini misol qilib ko‘rsatish mumkin.
"Masalan, davlat rahbarlari ko‘rib chiqishi kerak bo‘lgan masalalarning bir qismini bugungi kunda MDH iqtisodiy kengashi yoki tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishlari kun tartibiga o‘tkazilmoqda, bu jarayon kelgusida ham davom etadi", — deb qo‘shimcha qildi Lebedev.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.