O‘zbekiston harbiylari MDH "Quvnoqlar va zukkolar" tanlovida 3 o‘rinni egallashdi

© teatrarmii.ruKVN v teatre Rossiyskoy Armii
KVN v teatre Rossiyskoy Armii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
MDH oliy harbiy bilim yurtlari orasida "Quvnoqlar va zukkolar" o‘yinlarida 30 terma jamoalar kuch sinashdi. Ulardan finalgacha 9 jamoa yetib keldi. Birinchi o‘rinni — Razan havo-desant qo‘mondonligi bilim yurti tinglovchilari egalladi.

TOShKENT, 30-may — Sputnik. O‘zbekistonning "Sharq yulduzi" terma jamoasi oliy harbiy o‘quv yurtlari orasida bo‘lib o‘tgan "KVN-2017" o‘yinlarida uchinchi o‘rin egalladi, deb xabar berdi "Jahon" axborot agentligi.

O‘zbekiston jamoasi o‘yinchilari o‘zgacha hazil-mutoyiba tuyg‘ularini, vokal qobiliyatlarini va sharqona andishaligini namoyon qilishdi.
Toshkent Oliy umumqumondonlik bilim yurti uchinchi kurs kursanti, "Sharq yulduzi" jamoasining sardori Axad Ismoilov so‘zlariga ko‘ra, o‘yinlarda umumiy, hamma tushunadigan mavzularda xazil aytishga harakat qilishdi.

"Shu yili jamoamiz uchinchi o‘rin egalladi. Bu o‘z navbatida kelgusida bo‘lib o‘tadigan o‘yinlarda yanada yaxshiroq natijalarga erishishga harakat qilamiz", — deb qo‘shimcha qildi Axad Ismoilov.

O‘zbek terma jamoasini Mudofaa vazirligi mutasaddi vakillari Toshkent temir yo‘l vokzalida tantanali kutib olishdi.
Quvnoqlar va zukkolar o‘yinlarida 30 terma jamoalar kuch sinashdi, ulardan yakuniy bosqichiga faqat 9 ta jamoa yetib bordi. O‘yinda birinchi o‘rinni — Razan havo-desant qo‘mondonligi bilim yurti tinglovchilari egalladi. Ikkinchi o‘rinni esa Moddiy-texnika ta’minoti Penza filiali jamoasi qo‘lga kiritdi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0