TOShKENT, 30 may — Sputnik. Dushanba kuni soat 16lar atrofida Moskvada kuchli dovul bo‘lib o‘tdi. Yomg‘ir va shamol yuzlab daraxtlarni tomiri bilan qo‘porib tashladi.
Tabiiy ofat oqibatida 11 kishi qurbon bo‘ldi, 150 kishi jarohatlanib shahar kasalxonalariga murojaat qilgan. Undan tashqari yuzlab avtomobillar, binolar zarar ko‘rgan. Ayrim yo‘nalishlarda jamoat tarnsporti harakati to‘xtatilgan. Ko‘k liniyada harakatlanuvchi metro ham relsning ochiq bo‘lagi ustiga qulab tushgan daraxt tufayli o‘z harakatini to‘xtatishga majbur bo‘lgan.
Moskva meri Sergey Sobaning qurbonlar yaqinlariga o‘z hamdardligini bildirdi va ularning oilalariga 1 million rubl tovon puli to‘lanishini va’da berdi. Moskva FVV bo‘limi rahbari Andrey Mishenko aytishiga qaraganda, 4,5 ming kishi yordam so‘rab murojaat qilgan.