Sport

"Neftchi" klubi raisi va katta murabbiyi isteʼfoga chiqarildi

© fotolia / Futbolnыy myach
Futbolnыy myach - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Fargʻona viloyati hokimi klub qarorgohida oʻtkazgan yigʻilishda klub raisi Rustam Abdullayev hamda jamoa katta murabbiyi Murod Ismoilovlar oʻz arizasiga koʻra isteʼfoga chiqarildi

TOSHKENT, 30 may — Sputnik. Fargʻonaning "Neftchi" klubi raisi sifatida faoliyat olib borgan Rustam Abdullayev hamda jamoa katta murabbiyi Murod Ismoilovlar oʻz arizasiga koʻra isteʼfoga chiqarildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bunyodkor FK - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
"Bunyodkor" futbol klubi rahbariyati oʻzgardi

Xabarda bildirilishicha, Oliy liga 12-turidan oʻrin olgan "Lokomotiv" — "Neftchi" bahsidan soʻng Fargʻona viloyati hokimi Shuhrat Gʻaniyev klub qarorgohida yigʻilish oʻtkazdi. Yigʻilishda shu kunga qadar klub raisi sifatida faoliyat olib borgan Rustam Abdullayev hamda jamoa katta murabbiyi Murod Ismoilovlar oʻz arizasiga koʻra isteʼfoga chiqarildi. Bosh murabbiy Andrey Fyodorov esa jamoaga yangi bosh murabbiy topilgunga qadar vaqtincha ishlaydi.

Jamoa tarkibida ham katta oʻzgarishlar kuzatiladi. Faqat bu jarayon birinchi davra yakuniga yetganidan soʻng amalga oshiriladi. Klub rahbarlari tomonidan jamoa oldiga yuqori koʻrsatkichlarni qayd etish vazifasi qoʻyilmoqda.

Jamoa raisi lavozimiga Fargʻona futbol federatsiyasi vitse-prezidenti Tohir Kapadze tayinlandi.

“Neftchi” jamoasi 2017-yilgi mavsumni koʻngildagidek oʻtkaza olmayapti. Birinchi davra yakunlanishiga oz fursat qolganda jamoa turnir jadvalining quyi pogʻonalarini band etib turibdi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.
Yangiliklar lentasi
0